Biror narsadan qo’rqish biz uchun begona emas. Kimdir tish doktoridan qo`rqadi, kimdir qorong`ulikdan yoki momaqaldiroqdan qo`rqishi mumkin. Hammamizda qo’rquv har xil. Xuddi shunday stress va xavotirlarimiz ham hammamizda har xil tarzda paydo bo`ladi. Quyida biz bundan qutilishingiz uchun 5 ta qadamni keltirib o`tamiz.
1-qadam: Qo’rquvingiz haqida ko’proq bilib oling
Bu birinchi qadam eng qiyin bo’lishi mumkin, ammo bu juda zarur. Siz tafakkuringizning eng tub-tubida yotgan qo`rquvni yaxshiroq bilishingiz kerak. Dushmanni tanish, uni yengishdagi birinchi qadam. Shunday ekan, siz ham qo`rquvingizni nimadan ekanligini yaxshilab tushunib oling. So`ngra qo`rqqaningizda nima qilishingizga e’tibor bering. Ikki yoki uch hafta davomida kundalik yuriting va qo`rqqan vaziyatlaringizni qog`ozga tushiring va o`qib ko`ring. Shu qo`rqishga arzirmidi?
2-qadam: Tasavvuringizni ijobiy yo’llar shakllantiring
Tasavvur – bu ajoyib narsa. Bu sizga kuch, ijodkorlik va qoliplardan tashqarida fikrlash qobiliyatini beradi. Afsuski, faol tasavvur sizni salbiy narsalar haqida o’ylashga majbur qilganda zararli vosita bo’lishi mumkin. Sizning tasavvuringiz qo’rquvingizni kuchaytirishi mumkin. Ha, kechqurun hech kim yo`q yo`lda kimlarningdir ovozini eshitasiz yoki qandaydir “dunyoda mavjud bo`lmagan” mahluqlarni tasavvur qilasiz. Mana tasavvur qanday kuch. Ko`zingizni yumib, ko`proq yaxshi narsalar haqida o`ylang. Yoki qo`rqa boshlasangiz, orzularingizni ro`yobga chiqishini tasavvur qilishga harakat qiling.
3-qadam: Miyangizni odatdagidan boshqacha tarzda ishlating
Sizning qo’rquvingiz va tashvishingiz miyangizning ma’lum bir qismidan kelib chiqadi. Qo’rqa boshlasangiz, miyangizning boshqa qismini ishlatishga harakat qiling. Masalan, raqamlar haqida o’ylab ko’ring. Ko`p holatlarda raqamlar va qo`rquvni hosil qilishda ishtirok etadigan miyamizning qismlari boshqa-boshqaligi sizdan qo`rquvni yiroq qiladi.
4-qadam: Nafas olishga e’tibor qarating
Nafas olish siz o’ylagandan ko’ra muhimroqdir. Odatda, qo`rquv qisqa-qisqa nafas bilan boshlanadi. Qisqa nafas olish tanangizda bir qator salbiy reaktsiyalarni keltirib chiqaradi, ular tezda qo`rquv retseptorlarining hujumi nishoniga aylanadi. Chuqurnafas olish murakkab vazifa emas. Siz qo’rquvga tushibqolganingizni anglaganingizdan so’ng, to’xtab, diqqatni nafas olishga qarating.
5-qadam: Tabiatdan terapevt sifatida foydalaning
Terapevt bilan suhbatlashish – qo’rquv va tashvishlaringizni yengishning ajoyib usuli. Biroq, sizdoimo terapevtingizning qabulida bo’lolmaysiz. Buning o’rniga tashqarida sayr qilishga harakat qiling! Istirohat bog’larida, hovlida yoki shunchaki xonaningiz ichida ko`proq yuring. Ko`proq toza havoda yurish odamni bema’ni narsalardan qo`rqishdan uzoq qiladi.
O’ralova Charos