Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga kirishmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev muzokaralarga tayyor, ammo Rossiyaning boshqa prezidenti bilan.
Avvalroq Putin Kiyevni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga va muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgandi.
“Biz Kiyev rejimini zudlik bilan oʻt ochishni, 2014-yilda boshlagan barcha harbiy harakatlarni toʻxtatishga va muzokaralar stoliga qaytishga chaqiramiz. Biz bunga tayyormiz. Lekin unda Donesk, Lugansk, Zaporojye, Xersondagi xalqning tanlovini muhokama qilmaymiz. Ular Rossiya fuqarosiga aylanishdi. Bir umrga, abadiy. Rossiya unga xiyonat qilmaydi”, — dedi Putin.