52 ta bankomatlar nosoz holatda va ishlamayotgani, 107 ta bankomatda esa naqd pul yo’qligi qayd etildi. Shuningdek, 50 ta bankomatning axborot xavfsizligi ta’minlamagan, videokuzatuv tizimlari yordamida nazoratga olinmagan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga ijtimoiy, moliya va aloqa xizmatlari sohasi bo’yicha kelib tushgan jami murojaatlar 2020-yilda jami murojaatlarning 12 %ini tashkil qilgan bo’lsa, 2021-yilda 15% va 2022-yilda 17 %ga to’g’ri keladi.
Murojaatlardan kelib chiqqan holda joriy yilda bankomatlar orqali iste’molchilarga bank xizmatlarini ko’rsatish holati yuzasidan o’rganish va tahlil o’tkazildi.
2 ta holatda 24/7 tun-u kun ishlovchi shahobchasi yopiqligi, 52 ta bankomatlar nosoz holatda va ishlamayotgani, 107 ta bankomatda naqd pul yo’qligi qayd etilgan. Yoki, 50 ta bankomatning axborot xavfsizligi ta’minlamagan holda videokuzatuv tizimlari yordamida nazoratga olinmagani hamda 52 tasining joylashgan holati qoniqarsizligi kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, markaziy bank bilan hamkorlikda Bankomatlarning talab darajasida muntazam ishlab turishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.