Sentyabr oyidagi FIFA kunlari oldidan “Transfermark” portali terma jamoalarning 2022-yilgi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi.
Sentyabr oyidagi FIFA kunlari oldidan “Transfermark” portali terma jamoalarning 2022-yilgi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Unga koʻra, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov yil boshidan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi safida 9ta gol kiritib, bu borada jahonda peshqadamlik qilmoqda.
Toʻpurarlar roʻyxatida oʻzbekistonlik goleadordan keyingi oʻrinni Norvegiya hujumchisi Erling Holand va Kamerun forvardi Vensan Abubakar egallagan – 8 tadan gol.
Senegal va “Bavariya” klubi esa forvardi Sadio Mane bu yil terma jamoasida 7 ta gol kiritgan boʻlsa, PSJ hujumchisi Lionel Messi Argentina termasi safida oʻz hisobiga 6 gol yozib qoʻygan.