Ta'lim Yangiyoʻl tumanida III-IV asrga oid topilma aniqlandi

Yangiyoʻl tumanida III-IV asrga oid topilma aniqlandi

Yangiyoʻl tumanida joylashgan xonadonlardan biridagi qadimiy qabrdan III-IV asrga oid topilma aniqlandi.

Taʼkidlanishicha, qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid boʻlib milodiy III-IV asrlarga qadar boʻlgan davrga tegishli. Qabrdan shu davrda yashagan odam suyak qoldiqlari, 1 ta skelet va 9 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar topilgan.

Eʼtiborli tomoni, koʻzalardan faqat 1 donasi siniq holatda boʻlib, qolgani nisbatan yaxshi saqlangan. Shuningdek qabrdan 1 dona ayollar munchogʻi ham qazib olingan.

Eslatib o’tamiz, ayni vaqtda topilma Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov uy muzeyida saqlanmoqda.