Jizzax shahrida oʻrmon noziri 3 mln soʻm pora bilan ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi oʻrmon noziri R.M. fuqaro U.dan unga bogʻdorchilik uchun ijaraga berilgan yer maydonida 14 dona terak va qayragʻoch daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qoʻllamaslik evaziga 3 mln soʻm pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.