Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Shu sabab agentlik ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya qonunlariga rioya etishni va odamlar koʻp toʻplanayotgan joylarga bormaslikni soʻramoqda.
Eslatib oʻtamiz, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.