Ikki nomdor sportchimiz – Ruslan Nuruddinov va Akbar Joʻrayev Osiyo chempionatini oʻtkazib yuboradi.
Shu yil 8-16-oktyabr kunlari Bahraynda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda qitʼamizning eng kuchli polvonlari qatori hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib boradi. Lekin Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev Bahraynga boradigan tarkibga kiritilmagan. Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, har ikki polvonimiz dekabr oyida Kolumbiyada oʻtadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, 6-oktyabr kuni jamoamiz quyidagi tarkibda Manamaga yoʻl oladi:
Erkaklar:
-67 kg: Doston Yoqubov,
-73 kg: Adham Ergashev,
-81 kg: Ogʻabek Toʻxtayev,
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov,
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov,
-89 kg: Hojiakbar Olimov,
-96 kg: Sunnatilla Oʻsarov,
-96 kg: Qurbonmurod Namozov,
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov.
Ayollar:
-49 kg: Jamila Panfilova,
-59 kg: Nigora Abdullayeva,
-76 kg: Nigora Suvonova,
-81 kg: Rigina Adashboyeva,
-87 kg: Tursunoy Jabborova.