Jahon “Dunyo yadroviy quroldan voz kechishi kerak” – BMT Bosh Kotibi

“Dunyo yadroviy quroldan voz kechishi kerak” – BMT Bosh Kotibi

“Bizning dunyo yetarlicha vaqt davomida yadro quroli garovida bo’lib kelgan. Bu o’lim qurilmalari na g’alabani, na xavfsizlikni kafolatlamaydi, ular faqat yo’q qilish uchun mo’ljallangan. Kelinglar, yadroviy qurollarni tarixda qoldirib, yadro sinovi abadiy to‘xtashini ta’minlaylik”, – deya yozgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish twitterda.

P.S. 29-avgust – Xalqaro yadro sinoviga qarshi kurash kuni, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil 2-dekabrda e’lon qilingan. Mazkur sananing tanlanishi 1991-yil 29-avgustda Qozog‘istondagi dunyodagi eng yirik yadroviy inshootlardan biri – Semipalatinsk poligoni yopilishi bilan bog‘liq.