Sud-huquq Farg‘onada viloyat sudi raisi kubogi uchun sudya va sud xodimlari o‘rtasida voleybol...

Farg‘onada viloyat sudi raisi kubogi uchun sudya va sud xodimlari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tasdiqlangan «Farg‘ona viloyat sudi tizimida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyat sudlari sudyalari va sud xodimlari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada, Farg‘ona viloyat sudi jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona mintaqasi sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon mintaqasi sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari va iqtisodiy ishlar bo‘yicha tumanlararo sudlarining sudyalari va sud xodimlari ishtirok etdi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyat sudining jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar viloyat sudi raisining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.