Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi klub prezidenti Joan Laportadan “Pari Sen-Jermen”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini jamoaga qaytarishni so‘radi, deb xabar beradi Sport.es.
Manba bergan xabarga ko’ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi argentinalik futbolchining frantsuz klubi bilan amaldagi kelishuvi tugaganidan keyin qaytishiga umid qilmoqda. Endi Messi va PSJ o’rtasidagi shartnoma 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, biroq u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Lionel Messi 2000 yildan 2021 yilgacha “Barselona” tizimida bo’lgan, shundan so’ng u Kataloniya klubini tark etib, erkin agent sifatida “PSJ”ga o’tgandi.
Lionel Messi “Oltin to‘p” olish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi uning yetti karra egasi hisoblanadi.