Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan press-turda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi davlat va xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘zdan kechirish bilan boshlandi. Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanida MTT Melixo‘ja MFY joylashgan “Willage school” nomli maktabgacha taʼlim muassasasi barcha shart-sharoitlar ega ta’lim dargohlaridan biridir. Zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan ta’lim muassasasi jami 288 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 245 nafar maktabgacha ta’lim yoshida bo’lgan tarbiyalanuvchilardan 9 ta guruh shakllantirilgan.
– Hozirgi kunda bizning muassasamizda jami 35 nafar tarbiyachini to‘liq ish o‘riblari bilan ta’minlaganmiz. Ta’kidlash joizki, “Willage school” maktabgacha ta’lim muassasasi 2021-yil qurib foydalanishga topshirilgan boʻlib, shu kunga qadar xorij tajribasidagi barcha qulayliklarni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqdamiz -deydi, MTT tarbiyachisi Malika Nurquvatova.
Press-tur doirasida Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim muassasalari axborot xizmati boshchiligida Pasdarg’om tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini o’rganish bilan boshlandi. Yakka tartibdagi tadbirkor Shaxnoza Xasanova qarashli mazkur muassasa 1980-yilda qurib foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 2021-yilda mukammal ta’mirlanib, zamonaviy ta’lim tizimiga mos tarzda moddiy-texnik bazasi qaytadan yangilangan.
– Bizning bog’chamizda 50 nafar ma’ktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyalanadi. 6 nafar pedagoglarimiz barchasi yuqori tajribaga ega mutaxassislar hisoblanadi. Hozirda biz bog’chamizda Xovuzak MFY da yashovchi oilalardagi bolalar sonini hisobga olib, qo’shimcha o’rinlar yaratishga harakat qilyapmiz– deydi, bog’cha mudirasi YTT Shaxnoza Xasanova.
Media-tur doirasida jurnalistlar Pastdargʻom tumanidagi 52-sonli bog’chaga qarashli mobil guruh faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumot o’rinda aytish joizki, bolalarning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovi darajasi past bo‘lgan Nurobod, Qo‘shrabot, Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida “Aqlvoy” loyihasi doirasida 5 ta “ISUZU” rusumli avtobusi negizida 30 ta mobil guruhlariga 480 nafar 3-7 yoshli bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olindi.
Navbatdagi tashrif esa sal kam bir asrlik tarixga ega Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 48-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bo’ldi. Mazkur bo’g’cha 240 o‘ringa mo’ljallangan bo’lib deyarli barcha qulayliklarga ega.
– Muassasamizda bolalarni maktabga tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Xususan, bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqib beshta markaz tashkil qilingan. Mazkur markazlar bolalarning notiqlik, aktyorlik, tasviriy sanʼat, ona tabiatshunoslik singari bo’limlardan iborat. Masalan bizda mashgʻulotlar ota-onalar talabidan kelib chiqib ingliz va rus tillarida olib boriladi –deydi bog’cha direktori Nilufar Rahmatova.
Mazkur maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning vaqtini mazmunli o’tkazish hamda jismoniy chiniqtirish borasida sportning taekvondo, gimnastika, shaxmat-shashka to’garaklari tashkil qilingan. Bolalar kitob o’qishlari uchun maxsus kutubxona tashkil qilingan bo’lib, o’zbek, ingliz va rus tillarida bolalar adabiyotlari yetarli ta’minlangan. E’tiborga molik jihatlardan yana biri tarbiyachilar qo’l mehnati yordamida rasm, dekoratsiyalar, qo’g’rchoqlar hamda bolalar uchun turli xil bayram liboslarini o’z qo’llari yordamida tayyorlashadi.
Press-tur yakunida jurnalistlar Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim muassasalari imkoniyatlari va muammo va kamchiliklar yuzasidan o’zaro tavsilotlarini bo’lishdi. Shuningdek, viloyatning chekka hududlarida yetarli imkoniyatla ega bo’chalarning barpo etilgani press-tur ishtirokchilarida katta ta’surot qoldirdi.
Ma’lumot o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past bo’lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5144-sonli qaroriga asosan Nurobod, Urgut va Qo’shrabot tumanlarida 300 o’rinli 2 ta davlat, 600 o’rinli 6 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 3 600 o’rinli 144 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish belgilangan. Bundan tashqari, viloyatning olis va chekka hududlari Nurobod tumanida 59 ta (2 125 o’rinli), Urgut tumanida 268 ta (10 525 o’rinli) va Qo’shrabot tumanida 49 ta (1 925 o’rinli) jami 376 ta (14 575 o’rinli) tashabbuskor tadbirkorlar bilan bitim imzolanib, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi. Tashkil etilgan bog’chalar evaziga ushbu qamrovi past tumanlarda qamrov darajasi 43 foizdan 70 foizga oshirildi.